Back to blog

Sunday, January 12, 2025

I18 Xalqaro (Internationalization) va L10 lokalizatsiya (Localization)

cover

Xalqaro va lokalizatsiya

Xalqaro (Internationalization)

Xalqaro jarayon i18n (18 harf "i" va "n" orasida) deb qisqartiriladi va bu ilovangizni turli hududlarda ishlatish mumkin bo‘lishi uchun tayyorlashni bildiradi. Bu jarayon odatda dasturchilar tomonidan amalga oshiriladi. Unda quyidagi ishlar bajarilishi mumkin: Hududiy formatlarni (masalan, sanalar, vaqt, valyuta) qo‘llab-quvvatlash. Matnlar uchun tarjima qilingan fayllar yoki resurslarni alohida saqlash. Ko‘p tilli interfeyslar yaratish.

Lokalizatsiya (Localization)

Lokalizatsiya l10n (10 harf "l" va "n" orasida) deb qisqartiriladi va bu ilovani aniq bir til va hududga mos ravishda tarjima qilish va moslashtirishni bildiradi. Bu jarayon odatda tarjimonlar tomonidan amalga oshiriladi. Unda quyidagi ishlar bajariladi: Matnlarni kerakli tilda tarjima qilish. Madaniy me’yorlarga mos rasmlar va belgilarni o‘zgartirish. Xizmat yoki ilova ohangini o‘sha hududga moslash.

Qisqacha:

  • I18n – ilovani ko‘p hududlarga moslashtirish jarayoni (dasturchilar ishlaydi).
  • L10n – ilovani aniq bir til va madaniyatga moslash jarayoni (tarjimonlar ishlaydi).

Ikki jarayon birgalikda ishlatilganda, ilovangiz global miqyosda kengroq auditoriyaga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.